Siderat

Siderat ekinlar tuproq unumdorligini oshiradi
Siderat ekinlar tuproq unumdorligini tabiiy ravishda oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ular tuproqni organik moddalar bilan boyitib, uning strukturasi va nam saqlash qobiliyatini yaxshilaydi.
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida ham bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, javdar o‘simligi ekilib, hozirgi kunda u o‘rib, tuproqqa aralashtirilmoqda.
Institut laboratoriya mudiri G‘ulomjon Uzoqovning ta’kidlashicha, bunday usul tuproqda gumus miqdorini oshirish, uning biologik faolligini kuchaytirish hamda kelgusi ekinlar uchun unumdor muhit yaratishda samarali hisoblanadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube