Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sifatli urug’ fermer uchun mo’l hosil garovi

Sifatli urug’ fermer uchun mo’l hosil garovi
"Urug'chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasida Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tdi. Unda qishloq xo’jaligida eng muhim hisoblangan urug’chilik sohasini rivojlantirish, nafaqat paxta va bug’doyning balki poliz mahsulotlaridan tortib kartoshkachilikni ham yuqori bosqichga ko’tarish masalalari muhokama etildi. Seminarda hududlardagi barcha urug’chilik markazlari fermerlar bilan hamkorlikda ishlashi, ularga eng sara urug’larni yetkazib berishi, lozim bo’lsa kooperatsiyaga birlashishi kerakligi e’tirof etildi. Shuningdek, soha olimlarini qo’llab-quvvatlashni ham yuqori darajaga olib chiqish, ularni rag’batlantirishga alohida e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi. Bu eng avvalo olimlar tomonidan yangi navlar va urug’larni yaratishga hamda sohada importni qisqartirishga imkon yaratadi. Seminar yakunida tashkiliy masala ham ko’rildi. "Urug'chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi direktoriga Agrotexnologiyalar bo’yicha yangi o'rinbosar etib, Darmonov Muxtor Muxammadovich tayinlandi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.