Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida ko‘rgazmali seminar bo'lib o'tdi

12-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazi hududida fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasiga faoliyat olib borayotgan rahbarlar ishtirokida ko‘rgazmali dala seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda 2026-yil hosili uchun yuqori samarali bug‘doy va paxta navlarini tanlab ekish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tuproq unumdorligini oshirish hamda mo‘l hosil olish uchun ikki innovatsion usul – Jivamrit va Biochar tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Hozirda markaz hududida 49 xil bug‘doy, 6 xil arpa, 2 xil tritikale, 1 turdagi javdar, shuningdek, mahalliy va xorijiy paxta navlari, sabzavotlar, dukkakli va ozuqabop ekinlarning turli navlari parvarishlanmoqda.
Tadbir davomida fermerlarga mazkur tajriba ekinlarining afzalliklari tushuntirilib, organik va barqaror dehqonchilikka xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarning amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.
WEB||Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube