Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sirdaryo viloyatida agroxizmatlar markazlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyatida agroxizmatlar markazlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yigʻilishni Respublika Agroxizmatlar markazi rahbari Akmal Toʻlanov olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilar ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmali namoyish maydonchalari bilan tanishtirildi. Ushbu tajribani boshqa hududlarda ham tatbiq etishga kelishib olindi. Yig‘ilishda hududlardagi agroxizmatlar markazlari faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi. Shuningdek, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026-yil uchun yangi ish rejalari tuzish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan joriy yilni munosib yakunlash, kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalarni puxta shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, yig‘ilish doirasida ekinlarga “Biochar”, “Bokashi” va “Jivamrit” kabi bioo’g’itlarni qo’llash, fermer xo‘jaliklarini karbon kredit dasturlariga jalb etish, hamda ushbu yo‘nalishlarda seminar-treninglar o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi. WEB|Telegram| InstagramFacebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.