Sirdaryoda dron texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida qishloq xo‘jaligida zamonaviy dron texnologiyalarini joriy etish va agroxizmatlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda soha mutaxassislari, fermer va klaster vakillari, shuningdek mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligida dron texnologiyalarining afzalliklari, agrotexnik jarayonlarni raqamlashtirish va zamonaviy agroxizmatlar tizimini kengaytirish bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishdilar.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Drone service” korxonasi qishloq xo‘jaligida dron texnologiyalari asosidagi zamonaviy agroxizmatlarni keng joriy etib kelmoqda. Korxona tomonidan Xitoyning “DJI” kompaniyasidan 54 ta zamonaviy dron olib kelingan, xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida esa 30 ta avtomobil xarid qilingan.
ℹShuningdek, korxona tarkibida “DJI Academy”ning O‘zbekistondagi filiali tashkil etilib, qishloq xo‘jaligida dron operatorlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi kunga qadar “Drone service” tomonidan Toshkent, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida urug‘ sepish, begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov berish kabi agrotexnik xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram