Soha xodimlari uchun malaka oshirish kurslariga start berildi

Bugun Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman bo‘limlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
Mazkur o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PF-420-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 783-son qaroriga asosan tashkil etilib, soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini zamon talablari asosida oshirishga qaratilgan.
O‘quv dasturi ochilishida Qishloq xo'jaligi vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mizrob Buronov va boshqa mas'ullar ishtirok etib, kurslarning ahamiyati, asosiy yo‘nalishlari va kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Amaliy mashg‘ulotlar doirasida tinglovchilar Respublika agroxizmatlar markazi huzuridagi “Smart issiqxona” faoliyati bilan ham tanishdilar. U yerda ular avtomatlashtirilgan issiqxona tizimlari, resurs tejovchi texnologiyalar va innovatsion yechimlar haqida amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube