Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sohani rivojlantirish bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi natijalar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Sohani rivojlantirish bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi natijalar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Bugun agrar sohaga kirib kelayotgan innovatsiya, ilg‘or smart texnologiyalar agrar soha mas’ullarining oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shu bois, agrar sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning natijadorligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada o‘rganish olib borish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish kechiktirib bo‘lmas vazifalardan biridir. Buning natijasi o‘laroq, bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida joriy yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yil oxiriga qadar bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarga qaratilgan tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Videoselektor shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, departament, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmalari hamda tizim tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Joriy yilning 6 oyi mobaynida bajargan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklarning tahlili bilan boshlangan yig‘ilishda, avvalo, bajarilgan ishlar qisqacha aytib o‘tildi. Joriy yilning olti oyida qishloq xo‘jaligi 3,8 foizga o‘sgan. Yil boshidan buyon sohada sezilarli o‘zgarish bo‘lgan. Har yilgiga nisbatan hosildorlik yuqori. Bozorlarda mahsulotlar arzon narxlarda sotilmoqda. Albatta bularning hammasi aholi farovonligi va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilganidan dalolat. Yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosil, aholi bandligini oshirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, paxtachilik sohasida agrosanoat klasteri va kooperativlari faoliyatini rivojlantirish, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalar xususida so‘z yuritildi. Vazir o‘z navbatida, hududlardagi sohaga aloqador har bir rahbar investitsion loyihalarni jalb qilish hamda eksport hajmini oshirishda yo‘lida mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi, bu ishlarning ijtimoiy ahamiyati va agrar tarmoq rivojida asosiy  omillardan biri ekanini his etishi kerakligini ta’kidladi. G‘allachilik klasterlari, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik komplekslari tashkil etish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlar belgilandi. Binobarin, yil yakuniga qadar hududlar kesimida eksport salohiyatini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, agrar sohani raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi statistikasi va yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir ko‘plab istiqbolli ishlar, shu bilan birga, tarmoq va hududlarda to‘liq o‘zlashtirilmagan hududlar hali ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Zero, investitsion loyihalarni jalb qilish, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish hamda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.