Şoliçilikda seleksiya jarayonlari jadallaşadi

Endilikda şoliçilikda seleksiya jarayonlari yanada jadallaşadi. Boisi Özbekiston — Koreya hamkorligi doirasida Şoliçilik ilmiy-tadqiqot institutida zamonaviy "Fitotron" majmuasi işga tuşirildi.
Koreya Respublikasining Özbekistondagi KOPIA markazi tomonidan institutga taqdim etilgan uşbu majmua olimlarga yangi navlar yaratiş jarayonida yil davomida bir marta emas, balki mavsumdan qatʼi nazar 3–4 martagaça avlod oliş imkonini beradi.
Bu esa seleksiya jarayonini tezlaştiriş, istiqbolli navlarni qisqa muddatlarda yaratiş va amaliyotga joriy etiş imkoniyatlarini kengaytiradi. Natijada yangi nav yaratiş uçun sarflanadigan vaqt qariyb ikki barobar qisqaradi.
Bu haqida "Özbekiston 24" telekanalining "Fakt 24" informasion dasturida xabar berildi.
Lavhani ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomoşa qilişingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube