Speedbreeding – Kelajak hosilini bugundan yarat!

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti "Genom va biotexnologiyalar" laboratoriyasida speedbreeding usulida ilmiy tajribalar izchil davom etmoqda.
Bu haqida JDITI doktoranti N. Boysunov batafsil ma`lumot berdi.
Speedbreeding — bu o‘simliklarni odatdagidan ancha tezroq yetishtirish va yangi navlarni qisqa muddatda yaratish imkonini beruvchi innovatsion agrar texnologiyadir.
Hozirda speedbreeding texnologiyasi qishloq xo‘jaligi ilmiy markazlarida, seleksiya laboratoriyalarida, iqlim o‘zgarishiga chidamli navlar yaratishda hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash loyihalarida qo‘llaniladi
Afzalliklari
⏱ Vaqtni tejaydi (nav yaratish jarayoni 2–3 baravar tezlashadi)
Hosildor va chidamli navlar tezroq olinadi
Ilmiy tajribalar samaradorligi oshadi
Global oziq-ovqat muammosini hal qilishga yordam beradi
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube