Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Surxondaryo: ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati beqiyos

Surxondaryo: ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati beqiyos
Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning hududlarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini taʼminlash, ekin maydonlarida koʻrsatilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Vazir tashrif dasturiga koʻra Jarqoʻrgʻon tumanidagi "Jarqoʻrgʻon tajriba" fermer xoʻjaligining urugʻlik paxta yetishtirilayotgan dala maydonida boʻlib, bu yerga ekilgan "Buxoro-10" elita navining vegetativ holati bilan tanishdi. Paxtachilik kengashi aʼzolari, vazirlik huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda viloyat va tuman masʼullari hamrohligida vazir Ibrohim Abdurahmonov ushbu dala maydonini koʻzdan kechirar ekan urugʻlik tayyorlash dala maydonlarida ekish uslubini ham oʻzgartirish kerakligini, xususan, 76 sxemada qoʻshqator qilib ekish hosildorlikni karrasiga oshirishini taʼkidlab oʻtdi. Olimlar va soha mutaxassislari bilan muloqot davomida suv muammosi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan janubiy hududlarda plyonka ostiga ekish, tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishning ahamiyatlariga ham eʼtibor qaratildi. Shu yerning oʻzida Ibrohim Abdurahmonov Respublika Paxtachilik kengashining viloyat boshqarmasi va tuman boʻlimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻ'tkazib, janubiy hududning iqlimi bilan bogʻliq holatlarda gʻoʻza navlariga qanday ishlov berish xususida fikr almashish bilan birga, oʻrtaga tashlangan takliflarni qoʻllab-quvvatlagan holda gullash fazasida kirgan gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun masʼullarga koʻrsatmalar berdi. Shuningdek vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturidagi keyingi manzil - shu tumandagi "Bekali Atxambek" fermer xoʻjaligi dala maydonida ekilgan urugʻlik gʻoʻza maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan gʻoʻza hosildorligini oshirishda aynan mana shu davr muhim ahamiyatga ega ekani va bu paytda beriladigan ishlovning oʻrni haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.