Surxondaryo_ITS

Surxondaryoda fenofaza barqaror o'tmoqda, kech gullovchi navlar hosilni saqlab qolishda ustun
“Ayni damda Respublikaning ko‘plab hududlarida kechki sovuqlardan mevali ekinlarning zarari kuzatilayotgan bir paytda, Surxondaryo ITS mevali ekinlar kolleksiya bog‘larida fenologik fazalar bezarar, bir maromda kechmoqda”, — deya ta’kidlaydi stansiya direktori U. Turakulov.
Bunday sharoitda kech gullaydigan mevali ekin navlari hosil elementlarini saqlab qolish bo‘yicha erta gullovchi navlarga nisbatan 70–80% gacha yaxshiroq samara berishi kuzatiladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida eng erta gullaydigan va shu sababli bahorgi ayozlardan eng ko‘p zarar ko‘ruvchi mevali ekinlardan biri — bodom. So‘nggi yillarda bog‘bonlar orasida kech gullovchi bodom navlariga qiziqish keskin ortmoqda.
Surxondaryo ITS olimlari bodom kolleksiya bog‘larida aynan shunday navlardan biri — “Pervinis” naviga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu nav:
kech gullashi bilan ajralib turadi;
Surxondaryoda bodomlarning aksari gullashni yakunlagan bir paytda, “Pervinis” endi gullashni boshlamoqda;
bundan tashqari, serhosilligi va ertapisharligi bilan ham qimmatli seleksiya materiali hisoblanadi.
Xulosa: iqlim risklari kuchayib borayotgan sharoitda Genetik resurslarni aynan Surxondaryoda "ex situ" saqlash qanchalik samara berishiga yana bir misoldir.
Shuningdek, kech gullovchi navlar — hosilni barqaror saqlab qolish va bog‘dorchilikda xavfni kamaytirish muhimdir.
Stansiya, mevali ekinlarning shunaqa navlarnining sifatli ko'chatlarini bog'bonlar uchun cheklanmagan miqdorda yetkazib berishga tayyor.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
O'GRITI axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook WEB