Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Suv tanqisligi sharoitida qurg‘oqchilikka chidamli sholi navlari yaratilmoqda

Suv tanqisligi sharoitida qurg‘oqchilikka chidamli sholi navlari yaratilmoqda
Suv tanqisligi bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Ana shunday sharoitda asosan suvda yetishtiriladigan sholi ekinini suv tejamkor texnologiyalar asosida parvarish qilish bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Sholi genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi olimlari mahalliy va xorijiy 50 dan ortiq sholi navlarini o‘rganib, qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlarni yaratish ustida izlanishlar olib bormoqda. Mazkur tadqiqotlar haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Sanjar Toshpo‘latov agentlikning YouTube sahifasi uchun maxsus videolavha tayyorladi. Ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://uza.uz/uz/posts/qurgoqchilikka-mos-sholi-navi-yaratilmoqda-video_888355 Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.