Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda
Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini keng tatbiq etish maqsadida Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Singapurning Rivulis kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida fermerlar va soha mutaxassislarining zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, suv tejovchi sug‘orish tizimlaridan foydalanish tajribasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, institut hududida sabzavotchilik, kartoshkachilik, issiqxona xo‘jaligi, mevali bog‘lar va rezavor ekinlar yo‘nalishlari bo‘yicha 5 ta ko‘rgazmali maydon tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu maydonlar ilg‘or sug‘orish texnologiyalarini amaliyotda namoyish etish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va mutaxassislar tajribasini boyitish uchun xizmat qilishi ko'zda tutilmoqda. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.