Tabrik

Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning tizimida faoliyat yurituvchi aziz opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etaman, chuqur hurmat va ehtirom bildiraman.
Oila va jamiyat fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat, ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Chunki ayollar va onalarimiz bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz oboddir.
Bugun ayol nafaqat ona, opa-singil, farzand balki faol xodim, ustozdir. So‘nggi paytlarda Prezidentimiz tashabbusi bilan ayollarga turli darajadagi rahbarlik lavozimlarining ishonib topshirilayotgani esa ularga davlat siyosati darajasida eʼtibor, ehtirom ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi.
Aziz opa-singillar!
Oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga sog‘-omon bo‘lib, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lishingizni tilayman.
Shuhrat Otajonov
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori