Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Tadqiqot

Tadqiqot
Janubda yangi ozuqa ekinlari sinovdan o‘tmoqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tashabbusi bilan xorijdan olib kelingan texnik, oziqa hamda yem-xashak ekinlari Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonlarida parvarish qilinmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi — xorijiy navlarni janubiy mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish, chorvachilik uchun unumdor va foydali turlarini aniqlab, amaliyotga tatbiq etishdir. Bu jarayon mintaqada chorvachilik uchun ozuqa bazasini mustahkamlash, suv ва iqlim o‘zgarishlariga chidamli ekinlarni joriy etish hamda yil davomida sifatli ozuqa bilan ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, xalqaro tajribalarni milliy seleksiya ishlari bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘zimizga xos barqaror agrotexnologiyalarni yaratishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.