Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tadqiqot

Tadqiqot
Yosh olima qulupnayning serhosil navini kashf qilmoqchi Shalola Hasanova — yosh olima. U hozirda Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining I bosqich tayanch dokto­ranti. Qulupnay — yurtimizda eng koʻp yetishtiriladigan va bozorda talabi yuqori boʻlgan rezavor ekinlardan biri. Biroq sifatli va hosildor navlar yetishmasligi dehqonlar uchun katta muammo boʻlib qolmoqda. Shalola Hasanovaning tadqiqoti aynan shu muammoni bartaraf etishga qaratilgan. U qulupnayning yangi, tezpishar, stressga chidamli, sifati yuqori duragaylarini yaratish ustida ishlamoqda. Qulupnay duragaylarini urugʻdan yetishtirish murakkab jarayon boʻlsa-da, yosh olima molekulyar genetika yondashuvlari orqali bu yoʻldagi toʻsiqlarni yengib oʻtmoqda. Hozirgacha oq, zargʻaldoq va qizil rangga ega yangi duragaylar olindi. Tadqiqotlar davom etmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.