Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tadqiqot

Tadqiqot
Guar va joʻxori ustida oʻtkazilayotgan tadqiqotlar yangi bosqichda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashabbusi bilan mamlakatimizga introduktsiya qilingan guar (Cyamopsis tetragonoloba) va joʻxori (Sorghum) ekinlari urugʻlarini mahalliy iqlim va tuproq sharoitida oʻrganish, shuningdek ularni samarali yetishtirishga qaratilgan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish maqsadida, 2025 yilda Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba dalalarida ilmiy tadqiqot ishlari boshlandi. 2024 yilda ushbu ekinlar birinchi marta tajriba tariqasida ekilib, ularning agrobiologik xususiyatlari chuqur oʻrganildi. Olib borilgan kuzatuv va tahlillar natijasida introduktsiya qilingan navlar qurgʻoqchilik va yuqori haroratlarga nisbatan yuqori chidamliligi bilan ajralib turgani aniqlandi. Bu holat, ushbu ekinlarni iqlim oʻzgarishi sharoitida strategik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar qatoriga kiritish imkonini yaratadi. Joriy tadqiqotlar mazkur ekinlarning rivojlanish biologiyasi, hosildorligi, agrotеxnikasi hamda mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvchanligini yanada chuqurroq oʻrganishga qaratilgan boʻlib, kelgusida guar va joʻxorini Oʻzbekistonda tijorat maqsadlarida keng joriy etish istiqbollarini belgilab beradi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.