Tadqiqot

Sholini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy texnologiyasi
Ma’lumotlarga ko‘ra sholi yetishtirilish hajm va iste’mol jihatidan dunyoda bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Demak, ushbu ekin turining o‘rni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda beqiyos.
Yurtimizda ham ro‘zg‘orlarimizni guruchsiz, to‘yu-tomoshalarimizni taomlarning sultoni bo‘lgan palovsz tasavvur qila olmaymiz.
Shu bois olimlarimiz ichki ehtiyojni qondirishga hissa qo‘shish maqsadida sholining resurs tejamkor, kam suv talab qiluvchi yangi navlarini yaratish va o‘simlikni kasallik hamda zararkunandalardan asrashning yangi zamonaviy texonologiyalarini yaratish ustida izlanmoqda.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining O‘simliklarni himoya qilish va fitopatalogiya laboratoriyasi mudiri, qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori Nodirbek Otamirzaevning “Sholidagi asosiy zararkunanda, kasallik hamda begona o‘tlarga zamonaviy qarshi kurash agrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida olib borayotgan tadqiqoti ham bugunnning dolzarb mavzularidan sanaladi.
Nodirbek Otapmirzaev o‘zi o‘tkazayotgan tadqiqotning ayrim natijalari xususida Milliy markazda tashkil etilgan seminarda ekspertlar oldida hisobot berdi.
⌛ Seminarni Milliy markaz direktori Sh. Otajonov kirish so‘zi bilan ochib, barcha soha vakillari singari olimlar ham yil so‘nggiga qadar qo‘lida erishgan natijasi bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Videoda seminardan ayrim lavhalarni e’tiboriingizga havola qilamiz
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube