Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tadqiqot

Tadqiqot
Kechki muddatda ekilgan g‘o‘za olimlar kutgan natijani berdi. Bu haqda bugun Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy seminarda ma’lum qilindi. Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekilgan g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishga qaratilgan. Olimlar o‘stiruvchi stimulyatorlarni qo‘llash hisobiga gektariga 34-35 sentner atrofida hosil yetishtirishga muvaffaq bo‘lgan. Yangi agrotexnologiyaga seminarda ishtirok etgan paxtachilik sohasining yetuk olimlari ijobiy baho berdilar. Shuningdek, yangi agrotexnologiya seminarda ishtirok etgan fermerlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu tadqiqot natijalari xususida tez kunlarda teleko‘rsatuv va lavhalar orqali batafsil ma’lumot beramiz. Bizni kuzatib boring. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.