Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TADQIQOT

TADQIQOT
Ilmiy tadqiqotlar asosida issiqxona xo‘jaliklarida yuqori samaradorlikka erishish Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida institutning ilmiy xodimi Davlat Abdullayev tomonidan “Tomorqalardagi issiqxonalarni bir yilda uch marta hosil olishga moslashtirish hamda mahsulotni quritib sotish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Institutning ilmiy jamoasi ushbu izlanishlar natijalari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur ilmiy tadqiqotlar asosida qish mavsumida sabzavot va poliz ekinlarining sog‘lom hamda sifatli ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Mutaxassislarga issiqxona sharoitida ko‘chat yetishtirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy biostimulyatorlar, ilg‘or issiqxona texnologiyalari, samarali agrotexnik tadbirlar, ko‘chatlarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, ildiz tizimini mustahkamlash, stressga chidamlilikni oshirish hamda kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tajribalar namoyish etildi. Ushbu yo‘nalishda ilm va amaliyot uyg‘unligida olib borilayotgan ishlar ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga samarali tatbiq etish, issiqxona xo‘jaliklarida yuqori sifatli ko‘chat yetishtirish samaradorligini oshirish hamda ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.