Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tadqiqot natijalari nufuzli xalqaro jurnalda e’lon qilindi

Tadqiqot natijalari nufuzli xalqaro jurnalda e’lon qilindi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘lim boshlig‘i, professor Ikromjon Qoraboyev hammuallifligidagi “Nano-treatment driven improvements in winter wheat productivity and grain quality in arid agroecosystems” sarlavhali ilmiy maqola nufuzli “Frontiers in Sustainable Food Systems” xalqaro Q1 darajasidagi nufuzli ilmiy jurnalida chop etildi. Maqolada quruq iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatiga nanotexnologik ishlovlarning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida nanopreparatlarni qo‘llashning bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda don sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari nanotexnologik ishlovlar quruq agroekotizimlarda kuzgi bug‘doyning mahsuldorligi va don sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, mazkur yondashuv resurslardan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Maqolani quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin: https://www.frontiersin.org/journals/sustainable-food-systems/articles/10.3389/fsufs.2026.1847020/full Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.