Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Tadqiqot natijalari nufuzli xalqaro jurnalda e’lon qilindi

Tadqiqot natijalari nufuzli xalqaro jurnalda e’lon qilindi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘lim boshlig‘i, professor Ikromjon Qoraboyev hammuallifligidagi “Nano-treatment driven improvements in winter wheat productivity and grain quality in arid agroecosystems” sarlavhali ilmiy maqola nufuzli “Frontiers in Sustainable Food Systems” xalqaro Q1 darajasidagi nufuzli ilmiy jurnalida chop etildi.

Maqolada quruq iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatiga nanotexnologik ishlovlarning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida nanopreparatlarni qo‘llashning bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda don sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan.

Tadqiqot natijalari nanotexnologik ishlovlar quruq agroekotizimlarda kuzgi bug‘doyning mahsuldorligi va don sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, mazkur yondashuv resurslardan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Maqolani quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin: https://www.frontiersin.org/journals/sustainable-food-systems/articles/10.3389/fsufs.2026.1847020/full

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.