Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tahlil

Tahlil
Ilm – amaliyotning natijasini belgilaydi ⌛ Yilning yarmi ortda qoldi. O‘tgan vaqt davomida agrar soha ilmiy yo‘nalishida qanday natijalarga erishildi? Agar ushbu savollarning javobi sizga qiziq bo‘lsa rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida jami 13 ta ilmiy-tadqiqot instituti hamda 49 ta tajriba stansiyasi mavjud. Ularda jami 1473 nafar xodim, shundan 536 nafar ilmiy xodim (2 nafar akademik, 62 nafar fan doktori, 148 nafar fan nomzodi) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy salohiyat darajasi 45,7 foizga teng. Tizimdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 34,2 milliard so‘m bo‘lgan jami 61 ta, jumladan 38 ta amaliy, 6 ta innovasion, 5 ta xalqaro-qo‘shma, 12 ta xalqaro loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy-innovatsion faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida 2024 yilda yangi ustuvor “Drayver” ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Dolzarbligini yo‘qotgan 7 ta ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmalariga o‘zgartirish kiritilib, 9 ta yangi zamonaviy biotexnologik va molekulyar genetik tahlillarni o‘tkazuvchi yo‘nalishlar tashkil bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 2024 yil 1-yarim yillikda ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida jami 727 ta ilmiy maqola chop etildi. Jumladan, xorijiy jurnallarda 244 ta, mahalliy jurnallarda 315 ta, “WoS” va “Scopus” jurnallarda 48 ta, xorijiy konferensiyalarda 37 ta, mahalliy konferensiyalarda 83 ta maqola e’lon qilingan. Shuningdek, 8 ta monografiya nashr etilib, 22 ta patent olindi. O‘tgan davrda 5 marta konferensiyalar o‘tkazilgan. Milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 1-yarim yillikda 10 ta tayanch doktorant (PhD) 3 ta doktorant (DSc) dissertatsiya ishlarini muvаffaqiyatli himoya qildi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ilk bor “Xonadonbay” usulda bajariladigan loyihalar mexanizimi joriy etildi. Ilg‘or texnologiyalar, mahalliy yangi navlar, bir mavsumda uch martagacha hosil olish hamda aholi daromadini oshirishga hizmat qiladigan 13 ta ilmiy loyiha Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etildi. Ma’lumot uchun: Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi aholi honadonlariga Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan kartoshkaning mahalliy hosildorligi yuqori, kasalliklarga chidamli va erta pishar “O‘zbekiston qizili” hamda “Toshkent ertagisi” navlari ekilib, iyun oyining birinchi o‘n kunligida hosil (gektaridan 75 sentner) yig‘ib olindi. Batafsil Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.