tahlil

Bugun Milliy markazda ilmiy-tadqiqot institutlarining o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va 2024 yil uchun belgilangan rejalar muhokama qilinmoqda.
Ayni daqiqalarda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Oybek Omonov natijalar tahlili va istiqboldagi rejalar taqdimotini o‘tkazyapti.
Taqdimot savol-javob tarzida qiziqarli o‘tyapti.
Erishilgan yutuqlar e’tirof etilgan holda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va topshiriqlar berilyapti.
Muhokamalar davom etadi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI