tahlil

Xabar berib borayotganimizdek, bugun Milliy markazda ilmiy-tadqiqot institutlarining o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va 2024 yil uchun belgilangan rejalar muhokama qilinmoqda.
Ayni daqiqalarda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Oybek Omonov natijalar tahlili va istiqboldagi rejalar taqdimotini o‘tkazyapti.
Taqdimot bilan tanishgan ekspertlar taqdimotda ma’lum qilingan faktlar yuzasidan yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.
- Erishilgan yutuqlar o‘zimizniki. Biroq ilmiy muassasa jamoasi tadqiqotlarni amalga oshirishda hududning o‘zgarib borayotgan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olish, yaratilayotgan yangi navlar dehqonga baraka, davlat iqtisodiyotini ko‘tarishga xizmat qilishi zarur, - deya ta’kidladi Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov.
Taqdimotda tezkor seleksiyani yo‘lga qo‘yish borasida ilmiy muassasada amalga oshirilayotgan ishlar ayni daqiqalarda muhokama mavzusiga aylandi.
Bizni kuzatishda davom eting!