Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

tahlil

tahlil
Xabar berib borayotganimizdek, bugun Milliy markazda ilmiy-tadqiqot institutlarining o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va 2024 yil uchun belgilangan rejalar muhokama qilinmoqda. Ayni daqiqalarda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Oybek Omonov natijalar tahlili va istiqboldagi rejalar taqdimotini o‘tkazyapti. Taqdimot bilan tanishgan ekspertlar taqdimotda ma’lum qilingan faktlar yuzasidan yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda. - Erishilgan yutuqlar o‘zimizniki. Biroq ilmiy muassasa jamoasi tadqiqotlarni amalga oshirishda hududning o‘zgarib borayotgan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olish, yaratilayotgan yangi navlar dehqonga baraka, davlat iqtisodiyotini ko‘tarishga xizmat qilishi zarur, - deya ta’kidladi Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov. Taqdimotda tezkor seleksiyani yo‘lga qo‘yish borasida ilmiy muassasada amalga oshirilayotgan ishlar ayni daqiqalarda muhokama mavzusiga aylandi. Bizni kuzatishda davom eting!

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.