tahlil

Xabar berib borayotganimizdek, bugun Milliy markazda ilmiy-tadqiqot institutlarining o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va 2024 yil uchun belgilangan rejalar muhokama qilinmoqda.
Navbat Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasiga yetdi. Ayni daqiqalarda institut direktori Ravshanbek Siddiqov natijalar tahlili va istiqboldagi rejalar taqdimotini o‘tkazyapti.
Berilayotgan ma’lumotlar ichida noan’anaviy ekinlardan polba o‘simligi to‘g‘risida qiziq faktlar e’lon qilindi.
Institut direktori o‘z taqdimotida ilmiy jamoa nafaqat boshoqli ekinlar, balki dukkakli, moyli va ozuqabop ekinlarning yangi navlarini yaratish ustida ham tadqiqotlar o‘tkazib, ijobiy natijalarga erishayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar bermoqda.
Shuningdek, boshoqli don ekinlarida mahalliy navlar ulushini ko‘paytirish va klasterlar bilan ilmiy muassasalar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish borasida ekspertlar o‘z mulohazalarini bildirmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!