Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TAJRIBA

TAJRIBA
Xonadon sharoitida tuvakda uzum yetishtirish bo'yicha tajriba Milliy markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida xorijiy uzum navlarini tuvaklarda yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu ishlar institutning Uzumchilik va mikrovinochilik bo‘limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Tajribalarda uzum navlarining tuvak sharoitiga moslashuvi, o‘sish jarayoni va hosil berish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Olingan natijalar asosida uzumni kichik maydonlarda ham samarali yetishtirish bo‘yicha oddiy va qulay tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu tadqiqotlar kelgusida issiqxonalar, tomorqalar va kichik hududlarda uzum yetishtirishni yanada oson va samarali qilishga xizmat qiladi. Tajriba haqida institut bo‘lim boshlig‘i O‘tkir Ochildiyev yuqoridagi videoda ma’lumot bergan. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.