Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Tajriba xo‘jaligida monitoring – samaradorlikni ta’minlaydi

Tajriba xo‘jaligida monitoring – samaradorlikni ta’minlaydi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan monitoring ishlari olib borildi. Monitoring jarayonida institut tajriba xo‘jaligidagi ekin maydonlaridan samarali foydalanish, yerlarning agroekologik holati, shuningdek, 2025-yil hosili uchun ekilgan qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda amalga oshirilayotgan agrotexnika tadbirlari, tajriba xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi keng qamrovda o‘rganildi. Bunday monitoring tadbirlari qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va maqsadli foydalanish, shuningdek, sohaga doir ilmiy va innovatsion infratuzilmani to‘g‘ri yo‘naltirish orqali ishlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.