Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TAKLIFNOMA

TAKLIFNOMA
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ! Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi Sizni “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida ilmiy innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali sholi va dukkakli ekinlarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga samimiy taklif etadi. Konferensiyada global iqlim o‘zgarishi sharoitida sholi va dukkakli ekinlarni yetishtirish, zamonaviy agrotexnologiyalar, ilmiy innovatsiyalar, seleksiya va urug‘chilik, resurs tejamkor texnologiyalar hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi masalalari muhokama qilinadi. Sana: 2026-yil 20-avgust Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti Konferensiyada mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etadi. Sizni ushbu nufuzli ilmiy anjumanda kutib qolamiz! Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Axborot xizmati Web | Telegram | Facebook | Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.