Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Taniqli olim Biysembay Arepovich Bekbanovning 80 yilligi nishonlandi

Taniqli olim Biysembay Arepovich Bekbanovning 80 yilligi nishonlandi
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida taniqli olim, agrar soha rivojiga katta hissa qo‘shgan Biysembay Arepovich Bekbanovning 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut olimlari, yosh tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar. Konferensiya davomida olimning ilmiy merosi, agrar fan rivojiga qo‘shgan hissasi, seleksiya, agrotexnologiya hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish yo‘nalishida olib borgan tadqiqotlari haqida ma’ruzalar tinglandi. So‘zga chiqqanlar Biysembay Arepovich Bekbanovning ko‘p yillik ilmiy faoliyati, shogirdlar tayyorlashdagi xizmatlari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladilar. Konferensiya yakunida agrar sohani yanada rivojlantirish, yangi ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.