tashrif

⌛ Bugun Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyon rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo`ldi.
Tashrif davomida agentlik rahbari institut ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda tashkil etilgan fitotron va o`simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik va agrokimyoviy hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ilmiy tajribalar, in-vitro usulda yo`lga qo`yilgan innovatsion ishlanmalar bilan qiziqdi.
Shuningdek, institut seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan navlar hamda noan`anaviy ekinlar ustida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar bo`yicha ham batafsil ma`lumotlar berildi.
Uchrashuv so`ngida Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda yangi innovatsion loyihalar ustida ish olib borishga kelishib olindi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook Youtube