Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tashrif

Tashrif
Joriy yilning 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovlar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif qildi. Tashrif davomida institutda olib borilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va institutda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarga yoshlarni jalb qilish hamda institut tajriba xo‘jaligidan har bir yoshga 10 sotixdan yer ajratib, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, institutda mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlarni 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami bilan tabrikladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.