Tavsiya

“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashgan bo‘lib, har bir hududda o‘ziga xos dehqonchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Farg‘ona Agroxizmatlar markazi xodimlari Toshloq tumanning “Varzak” mahallasidagi 100 dan ortiq honadonda ota-bobolaridan meros bo‘lgan kigizchilik hunari sifatida e’zozlab kelinayotgan, bugungi kunda mahalla “drayver”iga aylangan kigiz tayorlash jarayonlariga, hamda kigizni qishloq xo‘jaligida foydalanish ahamiyatiga etibor qaratishdi.
Jumladan, tumanda qishloq xo‘jaligida qish mavsumida issiqxonalarda maxsulot yetishtirishda resurs tejamkor texnologiya sifatida issiqxonada issiqlikni saqlashda kigiz maxsulotlaridan foydalanilmoqda.
1 sotix issiqxonaga o‘rtacha 70 metr kvadrat yoki 700 ming somlik
(1 metr kvadrat kigiz narxi 10 ming so‘m) kigiz talab etiladi. Issiqxonada issiqlikni saqlashda kigizdan foydalanishda boshqa sarflarga nisbatan 3-5 barobar kamroq xarajat qilinadi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI