Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TA'ZIYA

TA'ZIYA
Taniqli olim Sarvar Qodirov vafot etdi Oliy ta’lim tizimida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, avtotransport, avtomobilsozlik va yo‘l kommunikatsiyalari sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shgan taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sarvar Muqaddirovich Qodirov 86 yoshida vafot etdi. Sarvar Qodirov 1940-yil 11-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1962-yilda Toshkent politexnika institutini muvaffaqiyatli tamomlab, mehnat faoliyatini shu institutning avtomobil ekspluatatsiyasi kafedrasida assistent sifatida boshlagan. Faoliyati davomida u Moskva avtomobil instituti dvigatellar kafedrasida stajyor-pedagog va maqsadli aspirant sifatida ilmiy izlanishlar olib bordi. Keyinchalik Toshkent politexnika institutida dotsent, Toshkent avtomobil yo‘llar institutida avtotraktor dvigatellari kafedrasi dotsenti, avtomobil ishlab chiqarish va ta’mirlash kafedrasi mudiri, professor lavozimlarida ishladi. Shuningdek, u o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, institut rektori, avtotraktor dvigatellari kafedrasi mudiri hamda professor sifatida samarali faoliyat yuritdi. Sarvar Qodirov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida avtomobil va transport sohasida muhim ilmiy ishlanmalarni amalga oshirdi. U tomonidan yaratilgan “Toshkent avtomobil va traktor lug‘ati” bugungi kunda Rossiya texnika universitetlarida ham amalda qo‘llanilmoqda. Olim muallifligidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar esa Rossiya hamda Hindistonning qator oliy ta’lim muassasalarida foydalanib kelinmoqda. Marhum ustozning boy ilmiy va ijodiy merosi, ko‘p yillik fidokorona mehnati hamkasblari, shogirdlari va keng jamoatchilik xotirasida doimo saqlanib qoladi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.