TA’ZIYA

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Murod Said-Akbarovich Rahmonqulovga yaqin qarindoshi — senator, yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Rahmonqulovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiradi.
Mir-Akbar Xodji-Akbarovich o‘zining mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mir-Akbar Xodji-Akbarovich 1998-yilda „II-darajali Shon-sharaf“ ordeni, 2002-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube