Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TAZIYA

TAZIYA
Oʻzbekiston ilm-fanida katta yoʻqotish Bugun atoqli olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjalik fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Sadriddinov Azmuddin Sadriddinovich vafot etdi. Azmuddin Sadriddinovich 1936-yil 26-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. U, oʻzining ilmiy faoliyati davomida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasiga beqiyos hissa qoʻshdi. 1959-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutini tamomlagan olim shu yildan boshlab, ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlagan. 1968-yilda nomzodlik, 1986-yilda esa doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mehnatlari yuksak qadrlanib, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik hodimi” faxriy unvoni va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Azmuddin Sadriddinovich qishloq xoʻjalik mashinalari, xususan, paxta terish mashinalari nazariyasi va ularni matematik modellashtirish yoʻnalishi boʻyicha ilmiy maktab yaratgan. U, 300 ga yaqin ilmiy nashrlar, jumladan 38 ta mualliflik guvohnomalari va patentlar muallifi hisoblanadi. Ustoz olim yuzlab muhandis va mutaxassislarni tayyorlagan, 25 ta doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. Web | Telegram | Facebook | Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.