taziya

Agrar soha ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi direktori, texnika fanlari doktori, professor, Xalqaro biosfera fanlari akademiyasi akademigi Shamshetov Sarsenbay Nuratdinovich vafot etdi.
Sarsenbay Shamshetov oilada mehribon ota, vatanparvar, kasbiga sodiq inson va fidoyi olim edi. U o‘zining qisqa umri davomida mamlakat agrar sohasining rivojiga munosib hissa qo‘sha oldi. Sarsenbay Shamshetovning yorqin xotirasi yurtdoshlari va hamkasblari qalbida mangu qoladi!
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube