TEATR MA’NAVIY OZUQA MANBAIDIR

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayram munosabati hamda institut Kasaba qo‘mitasining tashabbusi bilan O‘zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdi.
Vatan – mehr muruvvat manbaidir. Tinchlik – eng oliy ne’mat. Vatan tinchligini saqlash uni himoya qilish shu Vatanda yashab ulg‘ayayotgan har bir insonning muqaddas burchidir. Shu bois xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, ushbu sohadagi qadriyat va an’analarimizni targ‘ib etish, askar va ofitserlarimizning zamon qahramonlari sifatidagi qiyofasini badiiy asarlar, spektakl va filmlar orqali keng yoritib berish alohida ahamiyatga ega.
Tashrif davomida institut xodimlari oila a’zolari bilan birgalikta qiziqarli va vatanparvarlik ruhida bo‘lgan spektakl tamosha qilib madaniy dam oldilar.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI