_Ихтиро

Dehqonlar uchun yana bir qulaylik
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ildizmevalarni yig‘ishtirib olishda dehqonlarning ham vaqtini, ham naqdini tejaydigan uskuna ishlab chiqilgan.
Ilmiy muassasa olimlari tomonidan kashf ishlab chiqilgan energiya-resurstejamkor kartoshka kovlagich quyidagi afzalliklarga ega:
kartoshka pushtasi yuzasidagi qattiq kesaklarni maydalash maqsadida texnologik jarayonning boshida unga maxsus tayanch-kesak maydalovchi qurilma o‘rnatilgan;
undan so‘ng seksiyali ixchamlashtirilgan lemexlar o‘rnatilgan bo‘lib, kartoshka pushtasining kerakli qismini kovlab olib elaklarga kam tuproq massasini uzatadi;
elaklarni elaklash qobiliyatini oshirish uchun ularga to‘lqinsimon yumshatgichlar o‘rnatilganligi hisobiga tuproqni elak bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi ta’minlanadi. Bu o‘z navbatida uning elaklanish darajasini oshiradi.
Mazkur ishlanma Intelektual mulk agentligi tomonidan patentlangan.