Tinglovchilar sabzavotchilik bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Respublika Agroxizmatlar markazining tuman mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilar qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitmoqda. Kecha o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tinglovchilar g‘allachilik yo‘nalishida nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Bugungi mashg‘ulotlar esa sabzavotchilik yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Darslarni qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Rafiqjon Hakimov olib bormoqda. Mashg‘ulotlar davomida sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasi, hosildorlikni oshirish usullari, zamonaviy agrotexnik tadbirlar hamda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berilmoqda.
Darslar taqdimotlar va erkin muloqot asosida tashkil etilib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bunday malaka oshirish kurslari hududlarda faoliyat yuritayotgan Agroxizmatlar markazi mutaxassislarining bilim va tajribasini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube