Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi

Tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi
Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Koreya Respublikasining EPIS tashkiloti tomonidan  “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlangan edi. O‘quv dasturida 14 nafar tinglovchi koreyalik professor Syung-Hyung Kimdan Koreya tajribasi asosida ko‘chat yetishtirishga oid bilimlarni o'zlashtirdi. O‘quv dasturi ikki bosqichda nazariy va amaliy tarzda olib borildi. Amaliy mashg‘ulotlar Koreya Respublikasining EPIS tashkiloti tomonidan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq  tumanida barpo etilgan “aqlli” issiqxonada o'tkazildi. Tinglovchilar o‘quv dasturida faol ishtirok etib, zamonaviy ko‘chatchilikda o'zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Bugun o‘quv dasturi yakunlanib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.