Tizimda olib borilgan 1-yarim yillikdagi real natijalar va kelgusidagi istiqbolli loyiha va rejalar taqdimoti
Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, kadrlar masalasi va vazirlik faoliyatini transformatsiya qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar, sohaga oid qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, joriy yilning 18-iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilishida ham barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilgan keng ko‘lamli amaliy ishlar borasida fikrlar, xulosalar tinglandi.
Aytish mumkinki, Qishloq xo‘jaligi tizimida yil davomida ko‘lami keng loyihalar amalga oshirildi. Rasmiy kelishuvlar natijasida investitsiyaviy ish dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga tatbiq etildi. Tizimga doir turli yo‘nalishlarda grantlar joriy qilindi. Fermerlar uchun imkoniyatlar kengaytirildi.
Shuningdek, eksport hajmini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, paxtachilik, g‘allachilik, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, agrar sohani raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi statistikasi va yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir ko‘plab istiqbolli ishlar amalga oshirildi.
Yuqorida keltirilgan taqdimotda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida so‘ngi 6 oy davomida qilingan barcha ishlar va kelgusi yil uchun mo‘ljallangan natijaviy loyihalar, rejalar, dasturlar borasidagi to‘liq ma’lumotlar jamlangan.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram