Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tojikiston bog‘larida O‘zbekiston tajribasi: bog‘dorchilik yo‘nalishida yangi qadam

Tojikiston bog‘larida O‘zbekiston tajribasi: bog‘dorchilik yo‘nalishida yangi qadam
Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlari tobora mustahkamlanib, qator yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida har ikki tomon manfaatlariga mos keladigan istiqbolli investitsion tashabbuslar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda, So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘ofurov tumanidagi “Bog‘i Milliy Vahdat”da barpo etilgan 70 gektarlik “Do‘stlik bog‘lari” qo‘shma ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi maydoniga aylangan. Bu yerda tojikistonlik agrar mutaxassislar hamda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari birgalikda qator ekinlarni yetishtirib, zamonaviy agrotexnik uslublarni qo‘llash orqali tajriba almashishmoqda. Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/56552 Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/56552 Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.