Tojikistonlik olimlar genetik resurslarimiz bilan tanishdi

Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Qishloq xo‘jaligi akademiyasi tizimidagi bir qator ilmiy muassasalar vakillaridan iborat 15 kishilik delegatsiya ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugun kunning birinchi yarmida mehmonlar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa ular O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institutda genetik resurslarni saqlash, o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, institut olimlari tomonidan laboratoriyalar, kolleksiya namunalari va genofond faoliyati, seleksiya, biotexnologiya hamda genetik tahlilning zamonaviy usullari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Mehmonlar ilmiy muassasadagi kolleksiya namunalarining ko‘pligi, ularning tur va shakllar bo‘yicha rang-barangligi hamda institut genofondining boyligini alohida e’tirof etdilar.
Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube