Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Tomorqachilik – kichik yerda katta imkoniyat

Tomorqachilik – kichik yerda katta imkoniyat
Yuqorida xabar berganimizdek, bugun agrar soha olimlari, tijorat banklari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning ikkinchi qismida ilmiy muassasalar rahbarlari o‘z loyihalarini tijorat banklari vakillariga taqdim etdilar. Shundan so‘ng uchrashuv ishtirokchilari Milliy markazda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. In-vitro usulida yuqori avlodli kartoshka urug‘liklari yetishtirilayotgan laboratoriya faoliyati ham tijorat banklari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yaqin kelajakda kartoshka yetishtiruvchilarni yuqori avlodli urug‘lik bilan to‘liq ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Uchrashuvda ilmiy ishlanmalarining ahamiyati va iqtisodiy samaradorligi muhokama qilinib, tomorqachilikni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilab olindi. Tomorqachilik nafaqat aholining turmush darajasini yaxshilash, balki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois, bu sohadagi innovatsiya va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni tatbiq etish tomorqachilikning kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.