Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Toshkent trasport tizimida o‘zgarishlar: yagona intellektual tizim ishga tushmoqda

Toshkent trasport tizimida o‘zgarishlar: yagona intellektual tizim ishga tushmoqda
So‘nggi yillarda aholi va transport vositalari sonining o‘sishi natijasida Toshkentda yo‘l infratuzilmasiga yuklama keskin ortmoqda. Poytaxtning asosiy transport yo‘laklariga bosim 2 barobar ko‘paydi, keyingi yillardagi 7-8 balli tirbandliklar odatiy holga aylandi. Ushbu muammoni hal qilish, aholiga yanada qulay muhit yaratish maqsadida 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qanday muhim o‘zgarishlar bor? Qarorda Toshkent shahri transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi: aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish; elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushini 50 foizga yetkazish; avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish; metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kmga yetkazish; Toshkent shahridagi 1000 km avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini tashkil etish; transport vositalari uchun 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etish; 16 ta yo‘l o‘tkazgich va tonnellar barpo etish; 2 600 ta avtobus bekatlarini namunaviy loyiha asosida rekonstruksiya qilish; yagona boshqaruv tizimiga ega intellektual svetoforlar bilan jihozlangan “aqlli” chorrahalar sonini 700 taga yetkazish; 200 km piyodalar yo‘lagi va 170 km velosipedlar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etish. Qaror bilan Toshkentda yagona Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Markaz intellektual transport tizimining operatori hisoblanadi. Bu nima beradi? Poytaxtda transport tizimini isloh qilish eng avvalo xavfsiz va qulay yo‘l harakatini yaratishga yordam beradi. Avtomobillar harakatini tartibga solish va atmosferaga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish imkonini beradi. Toshkent shahrida yagona Yo‘l harakatini tashkil etish markazining yaratilishi poytaxt transport tizimidagi uzoq yillik muammolarni tizimli bartaraf etishga yordam beradi. Bu shahar aholisi uchun kunlik yo‘ldagi vaqtni sezilarli qisqartirib, stress darajasini pasaytiradi va hayot sifatini oshiradi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.