Toshkent viloyati AKIS markazi

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 24-avgust sanasida Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi (AKIS) ga Koreya qishloq jamiyatlari korporatsiyasi (KRC) hamda Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi va Koreya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) vakillari tashrif buyurishdi.
KRC va EPIS vakillari AKIS markazi faoliyati bilan tanishib chiqishganidan so’ng Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi direktori G’.G’aniyev bilan “O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish” masalalarini muhokama qilishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube