Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Toshkent viloyati AKIS markazi

Toshkent viloyati AKIS markazi
9-avgust sanasida “O’ZBEKISTONDA AKIS MASLAHAT XIZMATLARI BO’YICHA ASOSIY MASLAHAT KO’NIKMALARI” seminar-treningining 2-kuni bo’lib o’tdi. Seminarni amaliy va jonli o’tkazish maqsadida maxsus eksportlar Ivan Xorvat va Murod Rasulovlar bilan birgalikda tadbir qatnashchilari tumandagi “Yassaviy field” hamda “Eko agro product” fermer xo’jaliklarining paxta dala maydonlari va olma, uzum, shaftoli kabi mevali bog’larga tashrif buyurib fermer va agranomlar bilan jonli muloqot qilishdi. Tushlikdan so’ng seminar-trening AKIS markazida davom ettirildi. Ekspertlar seminar qatnashchilariga fermer xo’jaliklarida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar ustida qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi haqida o’zlarining tavsiyalarini berishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.