Toshkent viloyati AKIS markazi

13-yanvar sanasida Yuqorichirchiq tumani “AKIS” markazida Ohangaron, O'rtachirchiq hamda Yuqorichirchiq tumanlarida g'alla yetishtirichi fermer xo‘jaliklari ishtirokida Respublikada 100 sentner don hosili yetishtirish bо‘yicha g‘alla yetishtiruvchi subyektlarni “Ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarining potensial imkoniyatlari, yuqori hosil yetishtirishda qо‘llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar, begona о‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralari hamda sug‘orish tartiblari” mavzusida о‘quv - seminar tashkil etildi.
Seminar qatnashchilariga Mintaqa sharoitiga mos boshoqli don ekinlari navlari, 80-100 sentnerdan don hosili yetishtirishda qo'llaniladigan zamonaviy agrotexnologiyalar hamda g'allazorlardagi begona o'tlar va ularga qarshi kurash choralari haqida ma'lumotlar berildi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI